TIU GLOBAL TADQIQOTLAR VA INNOVATSIYALAR ILMIY JURNALI

TIU GLOBAL TADQIQOTLAR VA INNOVATSIYALAR ILMIY JURNALI Vol.2/2026

TIU GLOBAL TADQIQOTLAR VA INNOVATSIYALAR ILMIY JURNALI Vol.2/2026

TIU GLOBAL TADQIQOTLAR VA INNOVATSIYALAR ILMIY JURNALI Vol.2/2026

19-avgust, 2026

TIU ilmiy jurnalining mazkur birinchi sonida iqtisodiyot, moliya, boshqaruv, ta’lim va ijtimoiy rivojlanishning dolzarb masalalariga bag‘ishlangan ilmiy maqolalar jamlangan. Nashrda zamonaviy ilmiy yondashuvlar asosida olib borilgan tadqiqotlar natijalari, mavjud muammolarning tahlili hamda ularni hal etishga qaratilgan ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalar yoritilgan.

Jurnal professor-o‘qituvchilar, tadqiqotchilar, doktorantlar, magistrantlar, talabalar hamda tegishli soha mutaxassislari uchun mo‘ljallangan. Mazkur ilk son ilmiy fikr almashish, istiqbolli tadqiqotlarni ommalashtirish va ilm-fan bilan amaliyot o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.

Sonni yuklab olish (PDF)

Sondagi maqolalar

Iqtisodiyot, biznes va menejment

1-13 Sahifa

O‘QITUVCHILAR MALAKASI TARKIBINING OLIY TA’LIM NATIJASIGA TA’SIRI: TA’LIM BILAN BOYITILGAN COBB–DOUGLAS ISHLAB CHIQARISH FUNKSIYASI ORQALI MODELLASHTIRISH

Ushbu tadqiqot oliy ta’lim tizimida o‘qituvchilar malaka tarkibining (qualification composition) ta’lim “output”iga ta’sirini ta’limga moslashtirilgan education-augmented Cobb–Douglas ishlab chiqarish funksiyasi orqali baholaydi. An’anaviy yondashuvlarda o‘qituvchilar mehnati ko‘pincha bir xil (homogeneous) input sifatida qaraladi; mazkur ish esa akademik daraja bo‘yicha farqlanishni modelning o‘ziga kiritadi. Xususan, o‘qituvchilar Master-level (akademik darajasiz) va PhD/DSc toifalariga ajratilib, ularning ta’lim natijasiga qo‘shayotgan hissasi alohida elastikliklar orqali talqin qilinadi. Empirik tahlil O‘zbekiston oliy ta’lim tizimi bo‘yicha rasmiy ma’muriy statistik ma’lumotlarga tayangan holda, eng so‘nggi o‘quv yili kesimidagi (cross-sectional) farqlanishni ko‘rib chiqadi. Natijalar PhD/DSc toifasidagi o‘qituvchilarga mos elastiklik Master-level toifasidan yuqoriroq ekanini ko‘rsatib, yuqori malakali kadrlar ulushini oshirish ta’lim “output”ini faqat miqyos (scale) orqali emas, balki sifat tarkibi (composition/quality) orqali ham yaxshilashini anglatadi. Ishning amaliy ahamiyati shundaki, kadrlar sonini ko‘paytirmasdan ham, doktorantura tayyorgarligi va akademik “upgrading” siyosatlari orqali samaradorlikni oshirish imkonini asoslaydi. Tadqiqot cheklovi sifatida, natijalar bir yil kesimidagi bog‘liqliklarni ifodalaydi va dinamik hamda qat’iy sababiy (causal) xulosalarni talab qiladigan panel ma’lumotlar kelgusidagi izlanishlar uchun dolzarbligicha qoladi.

Azizbek Ilkhomzoda

19-avgust, 2026
4
1

Iqtisodiyot, biznes va menejment

14-21 Sahifa

КОРРУПЦИЯГА ҚАРШИ КУРАШИШ БОРАСИДА ДАВЛАТ ОРГАНЛАРИНИНГ ФАОЛИЯТИ: ХОРИЖИЙ ТАЖРИБА ВА ЎЗБЕКИСТОН УЧУН ИСТИҚБОЛЛАР

Мазкур мақолада коррупцияга қарши курашишда давлат органларининг фаолияти, халқаро тажриба ва Ўзбекистон Республикаси учун истиқболлар масалалари тадқиқ этилган. Мақолада Ўзбекистон Республикасида коррупцияга қарши курашишнинг ҳозирги ҳолати, қонунчилик асослари, ваколатли давлат органлари фаолиятининг асосий йўналишлари, шунингдек АҚШ, Франция, Корея Республикаси ва Қозоғистон Республикасининг коррупцияга қарши курашиш тизимлари таҳлил қилинган. Хорижий мамлакатларнинг илғор тажрибаларини ўрганиш асосида Ўзбекистонда мазкур соҳани такомиллаштириш бўйича амалий таклифлар келтирилган.

Durbek Rakhimberdiev

19-avgust, 2026
2
0

Iqtisodiyot, biznes va menejment

30-33 Sahifa

Tijorat banklarida risk madaniyatini baholash va boshqarish: Risk Madaniyati Indeksi (RCI) modeli asosida empirik tahlil

Mazkur maqolada tijorat banklarida risk madaniyatini baholash va boshqarish masalalari tadqiq etilgan. Tadqiqotning asosiy maqsadi bank xodimlarida riskka bo‘lgan munosabatni tizimli ravishda o‘lchash imkonini beruvchi amaliy modelni ishlab chiqishdan iborat. Ushbu maqsadda Risk Madaniyati Indeksi (Risk Culture Index - RCI) modeli taklif etildi. Model Bank nazorati bo‘yicha Bazel qo‘mitasi, Moliyaviy barqarorlik kengashi hamda Risklarni boshqarish instituti tomonidan ilgari surilgan yondashuvlarga asoslanadi. Maqola natijalari tijorat banklarida risk madaniyatini baholash va boshqarish tizimini takomillashtirishda amaliy ahamiyatga ega bo‘lib, bank risklarini samarali boshqarish jarayonlarini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.

Rabbimov Jaxongir

19-avgust, 2026
2
0

Barqaror rivojlanish va ESG tamoyillari

36-41 Sahifa

EXTERNAL DEBT SUSTAINABILITY IN UZBEKISTAN

Mazkur tadqiqot 2019-yildan 2025-yil I choragigacha bo‘lgan davrda O‘zbekistonning davlat tashqi qarzi dinamikasi, tuzilishi va barqarorligini tahlil qiladi. Tadqiqotda makroiqtisodiy tendensiyalar, qarzning tarkibi kabi ko‘rsatkichlar baholandi. Nominal tashqi qarz 2019-yildagi 17,8 mlrd AQSh dollaridan 2025-yil I choragiga kelib 35,6 mlrd AQSh dollarigacha oshganiga qaramay, qarzning YaIMga nisbati iqtisodiy o‘sish sur’atlarining yuqoriligi va xalqaro zaxiralarning ortishi hisobiga nisbatan barqaror saqlanib qoldi.

Tulkinov Jasurbek

19-avgust, 2026
28
18

Barqaror rivojlanish va ESG tamoyillari

42-49 Sahifa

MILLIY IQTISODIYOTNING BARQAROR RIVOJLANISHIGA EKOLOGIK XARAJATLAR VA YASHIL IQTISODIYOT KO‘RSATKICHLARINING TA’SIRI

Mazkur maqola ekologik xarajatlar va yashil iqtisodiyot indikatorlarining milliy iqtisodiyot barqaror rivojlanishiga ta’sirini tahlil qiladi. Tadqiqot resurslar samaradorligi, toza energiya sarmoyalari va ekologik soliqlarning YaIM o‘sishi, bandlik va iqtisodiy barqarorlikka ta’sirini qiyosiy statistik ma’lumotlar asosida baholaydi. Natijalar yashil tashabbuslar qisqa muddatda xarajat talab qilishi mumkinligini, biroq o‘rta va uzoq muddatda innovatsiyalarni rag‘batlantirib, iqtisodiy raqobatbardoshlik va barqarorlikni oshirishini ko‘rsatadi. Xulosa sifatida, ekologik omillarni iqtisodiy siyosatda asosiy ko‘rsatkich sifatida integratsiya qilish zarurligi asoslab beriladi.

Zaxidov G‘afurjоn

19-avgust, 2026
8
3

Iqtisodiyot, biznes va menejment

50-56 Sahifa

ТАРКИБИЙ ЎЗГАРИШЛАРГА ЯНГИ НАЗАР: ЯНГИ ЎЗБЕКИСТОНДАГИ ИҚТИСОДИЙ ТРАНСФОРМАЦИЯНИ БАҲОЛАШ

Мазкур мақолада Янги Ўзбекистон иқтисодиётидаги таркибий трансформация жараёнлари таҳлил қилинган. Иқтисодий ўсиш динамикаси, тармоқлар таркибидаги ўзгаришлар ҳамда иқтисодий ўсишнинг янги драйверлари баҳоланган. Шунингдек, технологик ривожланиш ва илмий-тадқиқот ишлари интенсивлиги асосида таркибий ўзгаришларнинг миқдорий баҳоси келтирилган. Таҳлил натижалари сўнгги йилларда ижобий силжишлар мавжудлигини, бироқ юқори технологияли тармоқларни ривожлантириш зарурати сақланиб қолаётганини кўрсатади. Мақолада иқтисодий сиёсатни такомиллаштириш бўйича амалий таклифлар илгари сурилган.

Jamoliddin Ismailov

19-avgust, 2026
3
0

Hisoblash va amaliy matematika

MASHINAVIY O‘RGANISH KLASSIFIKATORLARIDAN FOYDALANGAN HOLDA SODDALASHTIRILGAN AES KALITLARINI TASNIFLASH

Kriptotahlil – shifrlash algoritmning maxfiy kalitini yoki barqarorlik darajasini belgilaydigan fan sohasi. Hozirgi vaqtda zamonaviy kriptografik algoritmlarni kriptotahlil qilishning bir nechta usullari mavjud. Shu bilan birga, mashinani o‘rganish texnologiyalari rivojlanishi bilan chuqur o‘rganishga asoslangan kriptoanaliz faol ravishda o‘rganilmoqda. Bugungi kunda yengil blokli shifrlarga oddiy matnli hujumlar kabi kriptoanaliz usullari ma‘lum. Ushbu maqolada biz har bir kalit biti uchun alohida modeldan foydalangan holda mashinani o‘rganish texnikasida kalitlarni tasniflash uchun chuqur o‘qitish usulini ko'rib chiqamiz. Biz ushbu usuldan yengil blokli S-AES algoritmining kalitini bashorat qilish uchun foydalanamiz. Va biz kalitning har bir bitiga asoslangan mashinani o‘rganish texnikasiga asoslangan usulni taklif qilamiz. Ushbu usul yordamida mashinani o‘rganishning aniqligi ma‘lumotlar to‘plamiga va unga kiritilgan parametrlarga qarab turli qiymatlar bo‘yicha o‘zgarishi kuzatilgan.

Abdurazzoqov Javohir

19-avgust, 2026
5
3
Menyu

Ijtimoiy tarmoqlar:

Tavsiyalar