TIU GLOBAL TADQIQOTLAR VA INNOVATSIYALAR ILMIY JURNALI
Zamonaviy tadqiqotlar va innovatsion goyalaringizni dunyoga etkazing
Eng oxirgi son
№ 2 (2026)
Nashr sanasi
Avgust 2026
6+
Nashr qilingan maqolalar
10+
Mualliflar
3+
Mamlakatlar
Yangi ilmiy asarlar tahlili
Ilmiy kitoblar va monografiyalar sharhi
Hisoblash va amaliy matematika
Matematik tadqiqotlar
Raqamli texnologiyalar va sun'iy intellekt
Zamonaviy texnologiyalar
Filologiya, pedagogika va psixologiya
Gumanitar fanlar yo'nalishi
Iqtisodiyot, biznes va menejment
Iqtisodiy tadqiqotlar va biznes masalalari
Barqaror rivojlanish va ESG tamoyillari
Atrof-muhit, ijtimoiy va boshqaruv masalalari
Huquqshunoslik, siyosatshunoslik va davlat boshqaruvi
Yoshlar ta'limi, ma'naviy masalalar
Yoshlar siyosati va ma'naviy taraqqiyot
Huquqiy va siyosiy tadqiqotlar
Barcha kategoriyalarni ko‘rish

O'zbekiston iqtisodiyotida raqamli transformasiya jarayonlarining o'rni





Barcha yangiliklarni ko‘rish
Barqaror rivojlanish va ESG tamoyillari
36-41 Sahifa
Mazkur tadqiqot 2019-yildan 2025-yil I choragigacha bo‘lgan davrda O‘zbekistonning davlat tashqi qarzi dinamikasi, tuzilishi va barqarorligini tahlil qiladi. Tadqiqotda makroiqtisodiy tendensiyalar, qarzning tarkibi kabi ko‘rsatkichlar baholandi. Nominal tashqi qarz 2019-yildagi 17,8 mlrd AQSh dollaridan 2025-yil I choragiga kelib 35,6 mlrd AQSh dollarigacha oshganiga qaramay, qarzning YaIMga nisbati iqtisodiy o‘sish sur’atlarining yuqoriligi va xalqaro zaxiralarning ortishi hisobiga nisbatan barqaror saqlanib qoldi.
Tulkinov Jasurbek
Hisoblash va amaliy matematika
Kriptotahlil – shifrlash algoritmning maxfiy kalitini yoki barqarorlik darajasini belgilaydigan fan sohasi. Hozirgi vaqtda zamonaviy kriptografik algoritmlarni kriptotahlil qilishning bir nechta usullari mavjud. Shu bilan birga, mashinani o‘rganish texnologiyalari rivojlanishi bilan chuqur o‘rganishga asoslangan kriptoanaliz faol ravishda o‘rganilmoqda. Bugungi kunda yengil blokli shifrlarga oddiy matnli hujumlar kabi kriptoanaliz usullari ma‘lum. Ushbu maqolada biz har bir kalit biti uchun alohida modeldan foydalangan holda mashinani o‘rganish texnikasida kalitlarni tasniflash uchun chuqur o‘qitish usulini ko'rib chiqamiz. Biz ushbu usuldan yengil blokli S-AES algoritmining kalitini bashorat qilish uchun foydalanamiz. Va biz kalitning har bir bitiga asoslangan mashinani o‘rganish texnikasiga asoslangan usulni taklif qilamiz. Ushbu usul yordamida mashinani o‘rganishning aniqligi ma‘lumotlar to‘plamiga va unga kiritilgan parametrlarga qarab turli qiymatlar bo‘yicha o‘zgarishi kuzatilgan.
Abdurazzoqov Javohir
Iqtisodiyot, biznes va menejment
1-13 Sahifa
Ushbu tadqiqot oliy ta’lim tizimida o‘qituvchilar malaka tarkibining (qualification composition) ta’lim “output”iga ta’sirini ta’limga moslashtirilgan education-augmented Cobb–Douglas ishlab chiqarish funksiyasi orqali baholaydi. An’anaviy yondashuvlarda o‘qituvchilar mehnati ko‘pincha bir xil (homogeneous) input sifatida qaraladi; mazkur ish esa akademik daraja bo‘yicha farqlanishni modelning o‘ziga kiritadi. Xususan, o‘qituvchilar Master-level (akademik darajasiz) va PhD/DSc toifalariga ajratilib, ularning ta’lim natijasiga qo‘shayotgan hissasi alohida elastikliklar orqali talqin qilinadi. Empirik tahlil O‘zbekiston oliy ta’lim tizimi bo‘yicha rasmiy ma’muriy statistik ma’lumotlarga tayangan holda, eng so‘nggi o‘quv yili kesimidagi (cross-sectional) farqlanishni ko‘rib chiqadi. Natijalar PhD/DSc toifasidagi o‘qituvchilarga mos elastiklik Master-level toifasidan yuqoriroq ekanini ko‘rsatib, yuqori malakali kadrlar ulushini oshirish ta’lim “output”ini faqat miqyos (scale) orqali emas, balki sifat tarkibi (composition/quality) orqali ham yaxshilashini anglatadi. Ishning amaliy ahamiyati shundaki, kadrlar sonini ko‘paytirmasdan ham, doktorantura tayyorgarligi va akademik “upgrading” siyosatlari orqali samaradorlikni oshirish imkonini asoslaydi. Tadqiqot cheklovi sifatida, natijalar bir yil kesimidagi bog‘liqliklarni ifodalaydi va dinamik hamda qat’iy sababiy (causal) xulosalarni talab qiladigan panel ma’lumotlar kelgusidagi izlanishlar uchun dolzarbligicha qoladi.
Azizbek Ilkhomzoda
Iqtisodiyot, biznes va menejment
14-21 Sahifa
Мазкур мақолада коррупцияга қарши курашишда давлат органларининг фаолияти, халқаро тажриба ва Ўзбекистон Республикаси учун истиқболлар масалалари тадқиқ этилган. Мақолада Ўзбекистон Республикасида коррупцияга қарши курашишнинг ҳозирги ҳолати, қонунчилик асослари, ваколатли давлат органлари фаолиятининг асосий йўналишлари, шунингдек АҚШ, Франция, Корея Республикаси ва Қозоғистон Республикасининг коррупцияга қарши курашиш тизимлари таҳлил қилинган. Хорижий мамлакатларнинг илғор тажрибаларини ўрганиш асосида Ўзбекистонда мазкур соҳани такомиллаштириш бўйича амалий таклифлар келтирилган.
Durbek Rakhimberdiev
Barqaror rivojlanish va ESG tamoyillari
42-49 Sahifa
Mazkur maqola ekologik xarajatlar va yashil iqtisodiyot indikatorlarining milliy iqtisodiyot barqaror rivojlanishiga ta’sirini tahlil qiladi. Tadqiqot resurslar samaradorligi, toza energiya sarmoyalari va ekologik soliqlarning YaIM o‘sishi, bandlik va iqtisodiy barqarorlikka ta’sirini qiyosiy statistik ma’lumotlar asosida baholaydi. Natijalar yashil tashabbuslar qisqa muddatda xarajat talab qilishi mumkinligini, biroq o‘rta va uzoq muddatda innovatsiyalarni rag‘batlantirib, iqtisodiy raqobatbardoshlik va barqarorlikni oshirishini ko‘rsatadi. Xulosa sifatida, ekologik omillarni iqtisodiy siyosatda asosiy ko‘rsatkich sifatida integratsiya qilish zarurligi asoslab beriladi.
Zaxidov G‘afurjоn
Iqtisodiyot, biznes va menejment
50-56 Sahifa
Мазкур мақолада Янги Ўзбекистон иқтисодиётидаги таркибий трансформация жараёнлари таҳлил қилинган. Иқтисодий ўсиш динамикаси, тармоқлар таркибидаги ўзгаришлар ҳамда иқтисодий ўсишнинг янги драйверлари баҳоланган. Шунингдек, технологик ривожланиш ва илмий-тадқиқот ишлари интенсивлиги асосида таркибий ўзгаришларнинг миқдорий баҳоси келтирилган. Таҳлил натижалари сўнгги йилларда ижобий силжишлар мавжудлигини, бироқ юқори технологияли тармоқларни ривожлантириш зарурати сақланиб қолаётганини кўрсатади. Мақолада иқтисодий сиёсатни такомиллаштириш бўйича амалий таклифлар илгари сурилган.
Jamoliddin Ismailov
Jurnal sonlari
Sizning maqolalaringiz xalqaro miqyosda tan olinadi va keng auditoriyaga yetib boradi
Savollaringiz bormi?
Savolingiz bizga yuboring, biz ko‘rib chiqib sizga aloqa qilamiz
FISH:
Telefon raqam:
Elektron manzil:
Matn:
Fayl:
Murojaatni yuborish
So‘rovnomalar
Barcha so‘rovnomalarni ko‘rish