
TIU GLOBAL TADQIQOTLAR VA INNOVATSIYALAR ILMIY JURNALI Vol.1/2026
TIU ilmiy jurnalining mazkur birinchi sonida iqtisodiyot, moliya, boshqaruv, ta’lim va ijtimoiy rivojlanishning dolzarb masalalariga bag‘ishlangan ilmiy maqolalar jamlangan. Nashrda zamonaviy ilmiy yondashuvlar asosida olib borilgan tadqiqotlar natijalari, mavjud muammolarning tahlili hamda ularni hal etishga qaratilgan ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalar yoritilgan.
Jurnal professor-o‘qituvchilar, tadqiqotchilar, doktorantlar, magistrantlar, talabalar hamda tegishli soha mutaxassislari uchun mo‘ljallangan. Mazkur ilk son ilmiy fikr almashish, istiqbolli tadqiqotlarni ommalashtirish va ilm-fan bilan amaliyot o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.
Sondagi maqolalar
Yoshlar siyosati va ma'naviy taraqqiyot
1-5 Sahifa
Мақолада глобал олий таълим тизимида кечаётган трансформация жараёнлари ва уларнинг Ўзбекистон университетлари олдига қўяётган вазифалари таҳлил қилинган. Сунъий интеллектнинг таълим ва илмий тадқиқотларга таъсири, университетларнинг инновацион экотизимдаги ўрни, халқаро рейтинглар ва аккредитация, меҳнат бозори талаблари, микромалакалар ҳамда халқаро академик рақобат каби асосий тенденциялар ёритилган. Шунингдек, «Ўзбекистон — 2030» стратегияси доирасида олий таълимни модернизация қилиш мақсадлари, мавжуд имконият ва муаммолар кўриб чиқилган. ТИУнинг 2026–2030 йилларга мўлжалланган стратегик устувор йўналишлари — академик ривожланиш, тадқиқотлар сифати, халқаро ҳамкорлик, иш берувчилар билан алоқалар, тадбиркорлик таълими ва институционал барқарорлик баён этилган. Ўзгарувчан глобал иқтисодиёт шароитида танқидий фикрлайдиган, рақамли кўникмаларга эга, инновациялар ярата оладиган ва меҳнат бозори талабларига мос янги авлод кадрларини тайёрлаш университетларнинг асосий вазифаси экани асосланган.
Iskandar Yuldashev Baxramovich
Iqtisodiyot, biznes va menejment
6-13 Sahifa
Maqolada Oʻzbekiston iqtisodiyotining zamonaviy transformatsiya bosqichi makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning qisqa muddatli dinamikasi orqali emas, balki institutsional o‘zgarishlar prizmasi orqali tahlil qilinadi. Tadqiqotda amalga oshirilayotgan islohotlar iqtisodiy boshqaruv tizimining bosqichma-bosqich va tizimli transformatsiyasi ekanligi asoslab beriladi. Ushbu jarayon institutlarning mustahkamlanishi, makroiqtisodiy barqarorlikning kuchayishi hamda iqtisodiy siyosatning prognoz qilinuvchanligi oshishi bilan tavsiflanadi.
Tadqiqotda mazkur o‘zgarishlarning “sokin” yoki kam seziladigan xarakteri alohida ta’kidlanadi. Bunday o‘zgarishlar ko‘pincha qisqa muddatli statistik ma’lumotlarda yoki jamoatchilik idrokida yaqqol ko‘rinmasligi mumkin, biroq ular iqtisodiyotning uzoq muddatli barqarorligini shakllantirishda muhim ahamiyatga ega.
Konseptual-analitik va institutsional yondashuv doirasida davlatning iqtisodiyotdagi roli evolyutsiyasi, shuningdek iqtisodiy agentlarning xulq-atvoriga hamda islohotlar natijalarini kechikib qabul qilish jarayoniga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar sifatida ishonch va strategik rejalashtirishning ahamiyati ko‘rib chiqiladi.
Olingan natijalar shuni ko‘rsatadiki, hozirgi institutsional transformatsiya mamlakat iqtisodiyotining o‘rta va uzoq muddatli istiqbolda yanada muvozanatli hamda barqaror rivojlanishi uchun mustahkam asos yaratmoqda.
Bekmurodov Adxam Sharipovich
Hisoblash va amaliy matematika
14-22 Sahifa
Ushbu tadqiqot ikki o‘lchamli (2D) o‘ng tomonli Riemann–Liouville kasr tartibli integrallarini sonli yaqinlashtirish masalasini ko‘rib chiqadi. Biz bir o‘lchamli kvadratura formulalaridagi optimal koeffitsiyentlarni integral operatorining tensor-ko‘paytma tuzilmasidan foydalanib ikki o‘lchamli holatga umumlashtiramiz. Taklif etilgan usulning matematik ifodasi va hisoblash algoritmi turli darajadagi silliqlikka (regularlikka) ega funksiyalar uchun taqdim etiladi.
Babaev Samandar
Choriyeva Gulhayo
23-33 Sahifa
Ushbu tadqiqot dunyoning besh asosiy mintaqasi — Amerika Qoʻshma Shtatlari, Yevropa Ittifoqi, Buyuk Britaniya, Osiyo va sobiq sovet davlatlari — oliy taʼlim tizimlarida sunʼiy intellekt (SI) sohasidagi normativ-huquqiy tartibga solish mexanizmlarining qiyosiy tahlilini taqdim etadi. Tizimli hujjat tahlili (n=127 muassasa), soʻrovnoma maʼlumotlari sintezi va nazariy konsepsiyalar qoʻllanilishini birlashtirgan aralash metodologiya asosida mualliflar universitetlarning SIdan foydalanishning maqbul chegaralarini belgilash, akademik halollikni taʼminlash, baholash tizimini isloh qilish va sunʼiy intellektni boshqarish boʻyicha institutsional salohiyatni shakllantirish yondashuvlarini oʻrganadilar.
Odilbek Kattaev
34-40 Sahifa
Raqamli platformalarda narxlar ko‘pincha real vaqt rejimida yangilanadi. Biroq dinamik narxlashdan tashqari, narxning foydalanuvchi kontekstiga (qurilma turi, sessiya holati, akkaunt tarixi) moslashishi ham ehtimoliy hodisa bo‘lib, bu bir xil mahsulot (bir xil SKU) uchun turli foydalanuvchilarga turlicha narx ko‘rsatilishiga olib kelishi mumkin. Ushbu maqola Toshkent shahrida faol onlayn savdo/yetkazib berish platformalarida algoritmik narx diskriminatsiyasi ehtimolini baholash uchun audit dizayniga asoslangan empirik metodikani taklif etadi. Yondashuvning markazida bir xil SKU narxini tor vaqt oynasi (masalan, ±5 daqiqa) ichida parallel tarzda kuzatish, kuzatuvlarni “qurilma (web/Android) × profil (guest/returning)” kombinatsiyalarida juftlash va SKU hamda vaqt fiks effektlari orqali “izohlanmagan premium” komponentini ajratish g‘oyasi turadi. Maqolada ma’lumot yig‘ish pipeline’i (avtomatlashtirilgan agentlar, narx ajratib olish, sinxronlash va tozalash), o‘zgaruvchilar kodeksi, asosiy regressiya spetsifikatsiyasi va robustlik tekshiruvlari (vaqt oynasi sezgirligi, outlierlarni cheklash, aksiya belgisi nazorati) batafsil bayon qilinadi. Empirik tahlil formatini ko‘rsatish uchun kirishdagi real hayotiy misollar asosida mini-hisob va namuna hajmi uchun quvvat tahlili keltiriladi. Ushbu ish mahalliy bozor shaffofligi, iste’molchi himoyasi va raqamli narx siyosatini dalilga asoslangan muhokama qilish uchun replikatsiya qilinadigan metodik asos yaratadi.
Sarvar Komilov
Hisoblash va amaliy matematika
41-48 Sahifa
Ушбу мақолада дифференциал операторнинг дискрет аналогини қуриш масаласи (formula) кўриб чиқилади. Тадқиқот С.Л. Соболев томонидан кубатур формулалар хатолик функционали нормасини минималлаштириш учун ишлаб чиқилган усулларга асосланади. Ишда жуфт 𝑚 ҳолати учун операторнинг дискрет аналоги тўлиқ қурилган. Қуриш жараёнида Фурье алмашинуви усуллари, бороносимон функциялар ва қолдиқлар назариясидан фойдаланилган. Қурилган дискрет (formula) операторнинг асосий хоссалари, жумладан, унинг дискрет дельта-функция билан боғлиқлиги исботланган. Олинган натижалар Соболев фазоларида оптимал квадратур ва интерполяцион формулаларни қуришда қўлланилиши мумкин.
Abduraximov Dilshod
Davronov Javlon